Quyiltirilgan sutdan tayyorlanadigan «Zebra» pirogi

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: 170 gr. un, 150 grammdan quyiltirilgan sut va sariyog‘, 90 gr. shakar, 3 dona tuxum, 1,5 osh qoshiq kakao, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, bir chimdim vanilin.

Tayyorlanishi: 1. Xona haroratida yumshatligan sariyog‘ni shakar bilan ko‘pirtiring.

2. Tuxumni bittadan qo‘shib, ko‘pirtirishda davom etamiz.

3. Quyiltirilgan sutni ham sariyog‘li aralashmaga solgach, bir ko‘pirtirib olib, un, vanilin va xamiryumshatgichni qo‘shamiz.

4. Krem quyuqligida xamirni teng ikkiga ajrating. Biriga kakao, ikkinchisiga 1 osh qoshiq un solish kerak.

5. Pirog qolipiga pishiriq qog‘ozini joylab, ustidan avval oddiy xamirni, keyin kakaolisini va yana oddiy xamirni soling. Yuzasini tekislang-da, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqaga qo‘ying. Istakka ko‘ra pirogni eritilgan shokolad va qand upasi bilan bezatish mumkin.

8 kishilik

1 soat

160

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ