«Qizil qalpoqcha» pishirig‘i

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlarxamiriga: 500 grun, 250 mlsut, 100 mlo‘simlik yog‘i, 2 osh qoshiq shakar, 10 grquruq xamirturush, 2 dona tuxumtuzqiymasiga: 300 grqaynatilgan mol go‘shti, 1 boshpiyozyarim bog‘ ko‘kpiyoztuzmurchustiga surtishga: 1 dona tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq sut.

Tayyorlanishi: 1. Quruq mahsulotlarni aralashtiring. Iliq sut, o‘simlik yog‘i va tuxumni qo‘shib, yumshoqqina xamir qoring. Zuvala yasagach, o‘simlik yog‘idan surtib, ustini sellofan va sochiq bilan yoping-da, 1 soatga issiq joyga qo‘ying.

2. Oshgan xamirni yana bir bor qorib, ustini yoping-da, 30-40 daqiqa kuting.

3. Qaynatilgan mol go‘shtini go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Piyozni esa maydalab to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida yaxshilab qovuring. So‘ngra go‘shtni qo‘shib, tuz, murch sepib aralashtiring.

4. Past olovda go‘shtni dimlagach, maydalangan ko‘kpiyozni solib, bir aralashtiring-da, olovdan oling.

5. Xamirni 12 bo‘lakka bo‘ling. Qo‘lingiz bilan ozgina yoyib, o‘rtasiga qiymadan soling-da, tuging.

6. Pishiriqlarni pishiriq qog‘ozi solingan patnisga terib, ustiga tuxum sarig‘i va sutni aralashtirib surting. 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo‘ying.

soatu 25 daqiqa

kishilik

160

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ