Qiymali shampinonlar — kechki taom uchun ajoyib taklif

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: 6 dona bedana tuxumi, yarim kg. shampinon, 120 gr. tovuq go‘shti, bitta piyoz, 50 ml. qaymoq, 30 gr. pishloq, 2 osh qoshiq o‘simlik yog‘i, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni mayda to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qizartirib oling. 3-4 ta parraklangan shampinonlarni va to‘rtburchak shaklda to‘g‘ralgan tovuq go‘shtini qizargan piyozga qo‘shib, qovurishda davom eting.

2. Masalliqlarga tuz, ziravorlar, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq va qaymoqni qo‘shib, 5-8 daqiqaga dimlab qo‘ying.

3. Qo‘ziqorinlarning qolgan qismini suvda chaying-da, qiyma solinishi uchun ichini bo‘shating.

4. Shampinonlarning ichini qiyma bilan to‘ldiring. So‘ng har birining ustidan tuxum chaqing.

5. Qiymali qo‘ziqorinlar 180 daraja qizdirilgan gaz pechida 15-20 daqiqa davomida pishiriladi.

4 kishilik

35 daqiqa

159

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ