Baqlajonli tamaddi — iftorlikka yengil salat

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: 2 ta baqlajon (500 gr.), 100 ml. smetana, 40 gr. sariyog‘, 2 osh qoshiq un, 2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, shivit, tuz, qora murch.

Tayyorlanishi: 1. Baqlajonlarni 5–7 mm. qalinlikda aylana shaklda to‘g‘rab, to‘rt bo‘lakka bo‘ling.

2. Qaynatilgan tuzli suvga baqlajonlarni solib, 3 daqiqalar qaynatib oling. Yaxshilab suvini silqitgach, sochiqchalar bilan quritishni ham unutmang.

3. Baqlajon bo‘laklariga un sepib aralashtiring-da, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida baland olovda 5–7 daqiqa qovuring.

4. Shivit va sarimsoqpiyozni maydalab aralashtiring. Tuz, murch qo‘shing.

5. Olovni pastlab, qovurilgan baqlajonga ko‘katlar va smetanani qo‘shing. Past olovda 10–15 daqiqa dimlang.

2 kishilik

35 daqiqa

166

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ