3 qavatli rulet — saharlik uchun maxsus retsept!

Добавлено: 18 Июля 2020 Источник: ayol.uz

Zarur masalliqlar: qiyma uchun: 800 gr. mol go‘shti qiymasi, yarim bosh piyoz, 1 dona tuxum, 1 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 2 osh qoshiq non tolqoni, tuz, murch; ichiga solishga: 200 gr. tuzlangan qo‘ziqorin, yarim bosh piyoz, 1–2 bo‘lak brokkoli, 1 dona tuxum, 1 osh qoshiq non tolqoni, o‘simlik yog‘i, tuz, murch; quymoq uchun: 3 dona tuxum, o‘simlik yog‘i, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Avvalo go‘sht qiymasiga maydalangan piyoz va sarimsoqpiyoz, tuxum, non tolqoni, tuz va murchni qo‘shib, yaxshilab aralashtiring.

2. Tuxumga tuz qo‘shib, yengil ko‘pirtiring-da, ozgina o‘simlik yog‘i solib qizdirilgan kattaroq tovada pishirib oling.

3. Tuzlangan qo‘ziqorin va piyozni maydalab to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qovuring. Brokkoli gullarini 3 daqiqa tuzli suvda qaynatib olib, so‘ngra maydalab to‘g‘rang-da, qo‘ziqoringa qo‘shing. Tuxum, tuz va non tolqonini qo‘shishni µam unutmang.

4. Zar qog‘ozni gaz patnisi ustiga joylang-da, go‘shtli qiymanisoling. 2 sm. qalinlikda yoyib, yarim oy shaklida bo‘lingan quymoqlarni bir tomoniga qo‘ying.

5. Ustidan qo‘ziqorinli qiymani solib, rulet shaklida o‘raysiz. Zar qog‘ozning ikki tomonini yaxshilab yoping. Ruletimiz 200 darajada qizdirilgan gaz pechida 50 daqiqada pishadi. Ammo belgilangan vaqt o‘tgach zar qog‘ozni ochib, rulet ustiga ziravorlardan sepib, yana 10 daqiqa gaz pechida qoldirishingiz mumkin.

6 kishilik

1 soatu 40 daqiqa

161

Оставить комментарий

Email:
Код:
НАЗАД
ГЛАВНАЯ