Saytimiz Qoidasi
01 Sayt admini hech narsaga masul emas, yani topganini sizlar bilan baham ko'radi. Ilojisi yo'q qandaydir materiallarni topib joylashga majbur emas va vada ham bermaydi.
02 Izoh, Chat yoki forumda buyurtmalar yoki materiallarning boshqa versiyasini so'ramang. Buyurtma bizda pullik. Buning uchun buyurtma bo'limiga kiring! Agar qoidani buzib buyurtma qoldirsangiz siz bloklanasiz!
03 Administrator faqat sayt tomonidan joylangan materialga javobgar, foydalanuvchilar bloggerga yozgan materiallarga javobgar emas, bu blogger odnoklassnikida statusday gap.
04 Foydalanuvchilarning shaxsiy anketasidan ma'lumotlar tarqab ketishiga, yokida anketasi o'chib ketishiga yoki anketasi vzlom bo'lishiga sayt admini javobgar emas.
05 Administratorga izohlarda, forumda, chatda murojat qilmang javob bermaydi. Agarda administrator kerak bo'lsa aloqa bo'limidan izlang. Bordiyu uch martadan ko'p murojat qilsangiz BAN olasiz.


Foydalanuvchi Qonuni

01 Hech qachon ikkita yoki undan ko'p profil ochish mumkin emas, agarda eski profilingiz parolini unutgan bo'lsangiz tiklashga bosing. Eslatma Agarda siz ro'yhatdan o'tayotganingizda po'chtaga demo@moqina.net deb yozgan bo'lsangiz demak befoyda tiklash.
02 Izohlarda yoki forum yoki chatda 800tadan ko'p belgili xabar qoldirgan, bundan tashqari izohlarda bir gapni birnecha izohda ifodalagan, bundan tashqari boshqa sayt nomini yozgan, yoki admin ishini muhokama qilgan foydalanuvchilar saytdan ban oladi yoki butun umirga bloklanadi.
03 Agarda siz anketangizga 15 kun davomida kirmasangiz sizning anketangiz avtomatik bloklanadi, bundan tashqari yig'gan sovg'alaringiz, maqtovlaringiz, faolligingiz ham o'chib ketadi.
04 Har yerda yozayotganingizda madaniyat doyrasidan chiqmang, qo'pollik, bezbetlik, haqorat yoki so'kinganlar ban oladi.
05 Boshqa foydalanuvchiga nisbattan agressiv bo'lish yani asabiga tegish, shaxsiyatga tegish taqiqlanadi bunday hollarda ban olasiz.
06 Saytimizga O'zbekiston, Turkmeniston yoki Tojikiston qonunlariga zid material kiritsangiz yoki porn maxsulotlar kiritsangiz siz sudga berilasiz!
07 Saytdagi har bir joylanayotgan materialga erkin fikr bildirish huquqiga egasiz, albatta buyerdagi qonunlarni buzmagan holda.
08 Materiallarga izoh berayotganingizda yoki forumda guruhga ajratish yani ikki guruhga ajrab qizlar va yigitlarga ajrab bir biringizni kamsitish taqiqlanadi ajratganlar va ajralganlar barchasi ban oladi. Bizda hamma teng huquqlik.
09 Saytimizdan tashqari whatsapp, telegram yoki boshqa messengerlar hamda odnoklassniki va vkda bizning nomimizdan guruh ochish qatiyan taqiqlanadi. Bunday foydalanuvchilar sudga beriladi. Unutmang yaxshi narsaga reklama kerak emas va yana shuni ham unutmang bizni hech qayerda rasmiy guruhimiz mavjud emas.
10 Izoh, Chat, Forum yoki BLOGda qanday xolat bo'lishidan qotiynazar TELEFON raqam yozish o'zingizniki yoki boshqa birovnikini yozsangiz Guruhingiz qanday bo'lishidan farqli o'laroq siz BLOKlanasiz.


Boshqa Manbalar Qonuni

* Agarda sizning saytingiz bo'lsa biz yaratgan materialdan nusha olsangiz bizning manbani Moqina.Net deb kiritishingiz shart. Agarda bizning boshqa manba www.Moqina.in yoki voy.moqina.net yoki www.Moqina.ru manbalarimizni kiritgan bo'lsangiz ham bu bizga manba xisoblanmaydi. Bizning yagona manba Moqina.Net. Agarda quydagi qonun buzilsa sizni birinchi marta ogohlaniramiz, keyingi marta mualiflik huquqimizdan foydalanamiz.
* Agarda siz bizning saytimizda administrator ruhsatisiz izoh yoki chat yoki forumda o'z saytingiz nomini yozsangiz. Sizning saytingiz Moqina.Net ma'murlari tomonidan o'rganib chiqiladi, va saytingizdagi buzilgan qonunlar bilan sudga murojat qilinadi.
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU