[ Новые сообщения · Участники · Правила форума · Поиск · RSS ]
Страница 1 из 6123456»
Форум » Moqina Forum! » Sheriyat Sahifasi! » Eng Yaxshi Sherlar (Eng Yaxshi Sherlar)
Eng Yaxshi Sherlar
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:45 | Сообщение # 1
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Sevdim demdim, sevdirdimu sevmadim.
Sevgi-sevgi deb, sevgi nima bilmadim.
Sogindim deding, sog'inganingda bormadim.
Muxabbatim, kechir meni armonim.
Osmonlar ham yig'ladiku seni dodingdan.
Zil tog'lar larzaga keldiku faryodingdan.
Kechir meni g'orlik qilib ketibmanku xayotingdan.
Muxabbatim, kechir meni armonim.
Meni sevib, mensiz o'tkazdinmu tunlarni,
Ming umid ila kechirdingmu kunlarni.
Men nodon sen qolib bahtli qildim kimlarni.
Muxabbatim, kechir meni armonim.
Suvday oqib o'tib borar xayotim.
Sog'inganda uchmoqqa yo'q qanotim.
Ishon sensan ham qo'shig'im bayotim.
Muxabbatim, kechir meni armonim.
Seni qadring bilib orzu qildim tunlarni.
Seni qaytishing so'rab o'tkazyabman kunlarni.
Kechir jonim, bu go'rlikgu, nodonliklarni.
Muxabbatim, kechir meni armonim.
Sog'indim deb keldimu, kechirmading.
Yuragim senga berdim xatto nazar solmading.
Endi meni sevganim bor dedingu, yuz burding.
Muxabbatim, kechir meni armonim.


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:45 | Сообщение # 2
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Yig'lama jonim boshingni egib,
Men ham qiynab qilmayman so'roq.
Yashasang bas... kimnidur sevib
Seni baxting mendan muhimroq,

Meni sevmabsan-u yuragim berdim,
Naqadar azobdir aldanib sevmoq.
Mensiz baxtli bo'lsang... men nima derdim,
Seni baxting mendan muhimroq.

Menga tikon sanchdi o'zimni gulim,
Duo qilay gulim, ko'rmagin zulm.
Iforingga o'taman chanqoq,
Seni baxting mendan muhimroq,

Baxting uchun o'zimdan tonaman.
Baxtli bo'lsang baxtga qonaman,
Meni sevmagansan buni bilaman.
Seni baxting mendan muhimroq.

To'yingga borsam yo'l qo'yib g'urur
So'z berishsa tanish oshiqqa
Dimog'im bo'g'ilmay aytaman mag'rur,
Seni baxting mendan muhimroq.

Tanam uzra tortilsa tuproq,
U dunyoda boshlansa so'roq
Nega o'zingni o'ldirding gumroh?
Uni baxti mendan muhimroq...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 3
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Gar xohlasang bir sarob kabi
Hayotingdan o'chib ketaman
Hatto seni ko'rganimda ham
Senga boqmay kulib o'taman!

Unutarman yomon tush kabi
Dardlarimni ichga yutaman
Ammo armon ko'z yoshi bo'lib
Tushlaringa kirib turaman!

Eslaganda bir ahmoq dersan
Nafratlanib so'kib qarg'aysan
Ammo yolgiz qolganingda
Sog'indim deb qon yig'laysan!

So'z beraman bir sarob kabi
Hayotingdan butkul o'chaman
Ammo seni SEVAMAN deya
Ushbu so'zni yozib ketaman...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 4
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Mayli, yod etmagin meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo'lsang bas.

Boshing toshdan bo'lsin qayda bo'lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo'lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo'lsang bas.

Bilmam senga yetmoq bo'larmi nasib,
Balki sen bo'larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 5
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Meni mahkam bosgin erkam bag'ringga,
Bor quvonching bo'layin dunyoda doim.
Sevmaganlar qaramasin, boqmasin bizga,
Sevmaganlar bizni bilmas, tushunmas jonim.

Ular hech ham bilmas hijron neligin,
Anglamaydi nedan qalblar kuyunar.
O'ylamagan asli borliq hayotda,
Go'zal muhabbatdan bahtlar tug'ilar.

Qo'llarimdan tutgin bugun, olis ketaylik,
Taqdir hijronlarga sololmasin hech.
Orzularimizga jonim birga yetaylik,
Dushman holimizdan kulolmasin hech.

G'animni o'zingga sirdosh bilmagin,
Sirlaring bilib so'ng, cho'qiydi ko'zing.
Ko'zlarimga ishon, ular aldamaydi hech,
Yaqindan yaqining bo'layin o'zim.

Mehribonim meni bosgin bag'ringga,
Vafodoring o'zim bo'layin doim.
Sevmaganlar qaramasin, boqmasin bizga,
Sevmaganlar bizni bilmas, tushunmas jonim...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 6
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Bilaman men bir kun kelib...
Yodingizdan o'chib ketaman,
Qadrim o'tib izlaganizda,
Men dunyodan o'tib ketaman...

Misralarga dardlarim qo'shib,
Dardli she'rlar bitib ketaman.
She'rlarim-ku qolar yodizda,
Men dunyodan o'tib ketaman...

Sizdan ko'rgan ozorlarimni,
Men ichimga yutib ketaman.
Sizga zarra ozor yetqazmay,
Men dunyodan o'tib ketaman...

Sizni maftun qilgan samoga,
Yulduz bo'lib uchib ketaman.
Siz xattoki Sezmay qolasiz !
Men dunyodan o'tib ketaman...

Keyin kunlar o'tib o'tib...
Yodingizdan o'chib ketaman...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 7
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Yor, seni kutyapman ko'zlarim giryon,
Yuragim ezildi jamoling eslab.
O'tiraman xomush, ko'nglim parishon,
Telba bo'lib qoldim visoling qo'msab.

Yor, seni kutyapman yuragim vayron,
Faqat bir bor ko'ray yetolmasam ham.
Sevishgan lahzalar o'tgan har bir on,
Meni kundan kunga qiynar tashvish-g'am.

Yor, seni kutyapman ko'nglimda armon,
Seni tezroq ko'rish orzusidaman.
Hech narsa bo'lolmas dardimga darmon,
Qayg'u alamlarning yog'dusidaman.

Yor, seni kutyapman har lahza, har on,
Hozir kelar deya seni o'ylayman.
Mayli kelmasang ham yurgin sog'-omon,
Qalbim navolarin oyga so'ylayman.

Orziqib kutyapman, kutarman hamon,
Umrim oxirigacha kutaveraman.
Toki jismim ichra bor ekan bu jon,
Yolg'iz seni kutib o'taveraman...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 8
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Qachondir so'zlarim yoqib tushadi
Qachondir ularni yodga olasan
Mehring yuragingdan oqib tushadi
Qachondir sen meni sevib qolasan.

Cho'chib uygonasan shirin so'zlardan
Adoqsiz tushlaring siquvlaridan
Xijolat tortmagin tuyg'ularingdan
Qachondir sen meni sevib qolasan.

Lablaring kuyadi ismimni ayta
Va shundan boshlanar hayoting qayta
Ko'zlaringni to'sgan g'uborni arta
Qachondir sen meni sevib qolasan.

Qachondir cho'g' bo'lar qizib yanog'ing
Qaynoq bo'salarni sezib dudog'ing
Ishonaver erkam ishon qarog'im
Qachondir sen meni sevib qolasan.

O'shanda dillarda so'zlaring tugun
O'gitlar birlashib bo'lar bir butun
Ehtimol ertaga, ehtimol bugun
Qachondir sen meni sevib qolasan.

Ungacha hijronda o'rtanib o'tay
Ishqing shevalarin o'rganib o'tay
Hozir qulog'ingga bashorat aytay
Qachondir sen meni sevib qolasan...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:46 | Сообщение # 9
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Ketaman, endi men ketaman,
Men baxtsiz insonga yor qayda?
Bilaman, endi men bilaman,
Suymasa, suykalish befoyda...

Ketaman, na iloj, nachora,
Zorim bor, zo'rim yo'q oldingda.
Sevishim aytsam ham ming bora,
Ishq o'ti yonmadi qalbingda.

Ketaman... ortimdan zorlanib,
Qolgin deb sen yolg'on zo'rlaysan.
Bosh olib garchi men ketmasam,
Baribir sevgimni xo'rlaysan.

Ketaman, ko'zimdan oqqan yosh,
Yomg'irday yog'adi boshingga,
Sen buni sezmaysan bag'ritosh,
Begona kelganda qoshingga.

Ketaman, ortimdan suyunmay,
Aksincha sen menga zor bo'lgin.
Xo'rlading sevgimni tushunmay,
O'zing ham albatta xor bo'lgin.

Ketaman men olis tomonga,
Bo'ylasang, bo'ylaring yetmaydi.
Men ketgan u olis makonga,
Ketganlar ortiga qaytmaydi...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:47 | Сообщение # 10
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
U paytlar men yosh bola,
Maktabda o'qir edim.
O'shanda ham hozirday
Go'l edim, faqir edim.

Bo'lmas ekan yoronlar
Dil deganning tizgini.
Men benavo sevibman
Bir puldorning qizini.

Bir juft charos donasi -
Ko'zlari qaro edi,
Shu suluvning ishqida
Yuragim yaro edi.

Dars kirmasdi quloqqa
Xayolimni buzmasdim.
Menga tez-tez qarardi,
Men ham ko'zim uzmasdim.

Shu qizga baxsh etgandim
Borlig'imni, mehrimni.
Unga atab bitgandim
Eng birinchi she'rimni.

Bir kun to'sdim yo'lini
- Gapga quloq sol, dedim.
Seni yaxshi ko'raman,
Menga tega qol, dedim.

Avval qotdi hayratda,
Pirpiradi ko'zlari.
So'ng puflangan cho'g' misol,
Lov qizardi yuzlari:

- Qo'ling kalta, etmaydi
Men ko'kdagi oy, dedi.
Otam senga bermaydi,
U juda ham boy, dedi.

Shu choq go'yo ko'ksimga
O'q otildi varanglab
So'nggi so'zi to hanuz
Qulog'imda jaranglar.

- Tushun qorin to'ymaydi
Axir quruq she'r bilan...
Yashayapti u hozir
Ko'nglidagi er bilan

To'g'ri aytgan ekan u
Keyin anglab etganman.
O'zi...manov she'rni ham
Och qoringa bitganman.


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:47 | Сообщение # 11
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Yuragim sog’inchdan bormoqda yonib.
Men seni sog’indim, senga o’rganib,
Xatto o’zimdan ham ketyapman tonib.
Men seni sog’indim, bulutlar qoplab,
Quyoshni sog’inib yig’lagan osmondek.
Men seni sog’indim, seni ardoqlab,
Aqlini yo’qotgan bir nodondek.
Men seni sog’indim, bu sog’inch ishon,
Har qanday yurakni larzaga solar.
Men seni sog’indim, ko’rmasam bir on,
Yuragim to’la dard armonim qolar.
Men seni sog’indim, Misli parvona,
O’zini shamdagi ziyoga urgan.
Men seni sog’indim, ishqingda yona,
Hajringda telbavor oshiqdek yurgan.
Men seni sog’indim, hayronman o’zim,
Nega seni bunchalar tezda sog’indim.
Yo’linga intizor termular ko’zim,
Meni seni sog’indim, juda sog’indim.


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:47 | Сообщение # 12
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Ko'p ishimdan o'zim pushaymon,
O'smir edik, g'o'r edik bizlar.
Men sizlardan uzr so'rayman,
Bilib-bilmay men sevgan qizlar.
-
Biringizda zo'r edi chiroy,
Biringizda sehrgar ko'zlar.
Biri yulduz, biri bo'lsa oy,
Bilib-bilmay men sevgan qizlar.
-
Sevdim desam hazil aralash,
Chippa-chindan ishonibsizlar.
Qilibsizlar meni ko'p talash,
Bilib-bilmay men sevgan qizlar.
-
Bittangizni ranjitdim yomon,
Ko'z yoshingiz qildim dengizlar.
Barchangiz ham dilimda armon,
Bilib-bilmay men sevgan qizlar.
-
Hammangizdan uzr so'rayman,
Bilib-bilmay men sevgan qizlar...


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
CrashДата: Payshanba, 13.08.2015, 00:47 | Сообщение # 13
Odiy
Группа: Yangi Askar
Сообщений: 7174
Награды: 1
Замечания: 0%
Статус: OF
Eh, o`shalar yaxshi odamlar,
Kimligimni oxir bilishdi.
Negadir hech yaxshi bo`lmadim
Meni baribir yomon deyishdi.

Sovib qolgan choy kabi debmi
Oyoq osti loy kabi debmi,
Dog`lari bor oy kabi debmi
Meni baribir yomon deyishdi.

Baham ko`rdim borimni tinmay,
O`tishdilar nazarga ilmay,
Goh bilishdi, gohida bilmay,
Meni baribir yomon deyishdi.

Yo`q bo`lganda berisholmadi,
Bor bo`lganda ko`risholmadi,
G`iybat qilmay turisholmadi
Meni baribir yomon deyishdi.

Atirguldek tikonim uchun,
Sal achchiqroq zabonim uchun,
Bir zarraday iymonim uchun,
Meni baribir yomon deyishdi.

Kimlar aldab laqillatmadi,
Yuragimni taqillatmadi,
O`zlariga yaqinlatmadi
Meni baribir yomon deyishdi.

Hayot nima bilmadimmi yo,
Ular kabi bo`lmadimmi yo,
Chin dilimdan sevmadimmi yo
Meni baribir yomon deyishdi.

Kim yig`lasa qo`shilib yondim,
Shodligida birga quvondim,
O`zim ham hech tushinmay qoldim
Meni baribir yomon deyishdi.

Dardimni hech bo`lisholmadim,
Asli yarim to`lisholmadim,
Ular bilan kelisholmadim
Meni baribir yomon deyishdi.

Ko`nglimni bir ko`rmay turib ham,
Men haqimda bilmay turib ham,
Yo alhazar, o`lmay turib ham
Meni baribir yomon deyishdi.


Xayot zo'r. Chunki moqina.net bor...
 
mubinaДата: Payshanba, 13.08.2015, 23:21 | Сообщение # 14
Odiy
Группа: Ummuman Yopilgan
Сообщений: 6
Награды: 0
Замечания: 0%
Статус: OF
Duch kelsang yuzimni bo'rib ketaman, Ko'ksimga bir toshni o'rib ketaman, Sen bilan o'tkazgan o'shal damlarni, Tabirsiz tushlarga bo'rib ketaman.
 
IshaniRVДата: Shanba, 15.08.2015, 10:37 | Сообщение # 15
Odiy
Группа: Faoliyat To'xtatilgan
Награды: 0
Замечания: 0%
Статус: OF
Ketaman bir kuni kuzatasz jim, Ikki metr qabrga uzatasz jim, Keyn xatolarni tuzatasz jim,Men armon b6laman szga bir umr, Kulgan k6zlarmni k6rgiz keladi. Bir bor axvolmni s6rgiz keladi, Doim yongnamda yurgiz keladi,Men armon b6laman sizga bir umr.. Q6limdan tutmoqqa q6llar yetmaydi, Umrim tilamoqqa tillar titraydi. Meni unutwga umriz yetmaydi. Men armon b6laman sizga bir umr...

Senga oshiqman serialining ashaddiy muhlisiman
 
Форум » Moqina Forum! » Sheriyat Sahifasi! » Eng Yaxshi Sherlar (Eng Yaxshi Sherlar)
Страница 1 из 6123456»
Поиск: