Yoqday
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 18
Bir ko'rishda sevib qoldim yolg'izimni,
Yagonamni, tanhoyimni, tengsizimni,
Kema edim topdim endi dengizimni,
Ko'zlarimda ishqdan go'zal olam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Kel go'zalim, yashnataylik bahorlarni,
Kel go'zalim, dildan haydab ozorlarni,
Diydorlarni gullataylik diydorlarni,
Dilga ishqdan o'zga biror malham yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Suyganimga kecha kunduz parvonaman,
Yulduzim deb, savdoyiman devonaman,
O'ylayvergan sayin yana quvonaman,
Baxtli kunlar ko'zlarimda yonar cho'g'day,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Yurak to'la yashar edim tilaklarga,
Ishonardim tongday go'zal ertaklarga,
Ko'ngil bermay soxta surat malaklarga,
Menikiday bossa shahdam qadam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.
Tushlarimda kirgan go'zal yonimdadir,
Muhabbati yuragimda jonimdadir,
Sevging oqar tomirinda qonimdadir,
Armonim yo'q qalbimda dard nolam yo'qday,
Bu dunyoda mendan baxtli odam yo'qday.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
174 YOQDI 1 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU