Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Yoqchilik
Dardu xasrat yer ekan ko'ngil to'rini,
Ko'z yoshing yuvmaydi zamin sho'rini.
Bazan murda ham topolmay qolar go'rini,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
So'zing ham o'tmay qolar ekan goh,
Qochishadi oshna-og'ayni seni ko'rgan chog'.
Qani ishongan bog', suyangan tog', Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Tashvishlar o'raydi to'rt tomonindan,
Tosh chiqaveradi yegan nonindan. O'zingnikilaram bazan o'tqazib yuborar joningdan,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Omad yo'q atalaga ham o'tmaydi tishing,
Yo'qlab kelmas ekan bir yaqinkishin.
Nomardu paskashlarga tushadi ishing,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Xudo o'zi bilar kim qachon ketar,
Bir kam bu dunyo ko'ngling xun etar. Xusningdan ayirar kuning tun etar
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Orzu bog'ing darddan beradi xosil,
O'ylayverib oxiri o'zing ham bo'lasanku sil
Osilsang ham sal pasroq dorga osil,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Yigit yiqilsa nopok xotin to'ra,
Ko'rmaganni ko'rgani qurib ketsin jo'ra
So'rasang ham bandadanmas xudodan
so'ra,
Yo'qchilik yiqitar yigit zo'rini.
Manman yigitlar sinadi xayot zo'ridan,
Singanga kim joy beradi davra to'ridan. Kim bo'shatib beradi issiq o'rnini,
Yoq'chilik yiqitar yigit zo'rini.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2194
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Fevral » 24
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog