Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
topdingizmi
Tanlab tanlab tengingizni topdingizmi?!

Tirik-Tasvir, Tushingizni Topdingizmi,
Taxtda Turib Tojingizni Topdingizmi,
Tillo To'la Tog'ingizni Topdingizmi,
Taroziyu Toshingizni Topdingizmi,
Tundan Tonib Tonginggizni Topdingizmi,
Tanlab-Tanlab Tenginggizni Topdingizmi?

To'g'rimidi, Tushlardagi Ta'birimiz,
Tutashmadi Taqdirimiz, Taqdirimiz,
Talvasami, Tashvishmidi, Tadbirimiz,
Toqat Tilab Teshildiku Tomirimiz,
Tirik-Tasvir, Tushingizni Topdingizmi,
Tanlab-Tanlab Tenginggizni Topdingizmi?

Tovonimga Tikan Tiqib Tilmangiz-ey,
To'xtamayin Tirnab-Tirnab Tig'langiz-ey,
Toza-Toza Tilaklarim Tinglangiz-ey,
Tuzoq Tashlab, To'xtatmangiz,
To'smangiz-ey, Taxtda Turib Tojingizni Topdingizmi,
Tanlab-Tanlab Tenginggizni Topdingizmi?

Tasodifan Tanishgandik Telba-Telba,
Topishdigu, Tillashmadik Tavba-Tavba,
Tiniq-Tiniq Tunlarimiz Tiyra-Tiyra,
Talaffuzlar Talablarga Tashna-Tashna,
Tillo To'la Tog'ingizni Topdingizmi,
Tanlab-Tanlab Tenginggizni Topdingizmi?

Taftinggizga To'yib-To'yib Turolmadim,
Toqatim Toq, Tanhoimni Topolmadim,
Tilni Tishlab, Tomog'imni Tishlolmadim,
Tuyg'ularni Taroziga Tashlolmadim,
Taroziyu Toshingizni Topdinggizmi,
Tanlab-Tanlab Tenginggizni Topdingizmi?

Tentakkinam, To'rt Tomonga Tuzoq Tuzib,
To'kilmangiz, Tizginimga Tugun Tizib,
Tirishasiz, To'fonlardek To'sib-To'sib,
Termulasiz - To'zonlarda To'zib-To'zib,
Tundan Tonib Tonginggizni Topdingizmi,
Tanlab-Tanlab Tenginggizni Topdingizmi?

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 3231
Joyladi: shaxrizoda96
Joylandi: 2016 » Aprel » 4
shaxrizoda96ning boshqa statuslarini ko'rish
Klass zor
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog