Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Tiling boshqa diling boshqa bolmasin
Manzil boshqa, yo’ling boshqa bo’lmasin,
Vatanni sev, eling boshqa bo’lmasin,
Soxta surat bilan yashama aslo,
Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin.
Kimniki ko’nglida qora dog’i bor,
O’z do’stin ko’rolmay yashar fe’li tor,
Hech kimga zarracha bermagin ozor,
Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin.
Kimga omad kelsa xasad qilmagin,
Kimdan omad ketsa g’iybat qilmagin,
Yaxshini yomon deb tuhmat qilmagin,
Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin.
Yo’q joydan bir ig’vo izlamachilar,
O’rtani buzguvchi tuzlamachilar,
Yomon ko’pdir ikki yuzlamachilar,
Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin.
Do’sting xato qilsa aytgin yuziga,
Ammo, aldamagin qarab ko’ziga,
Nima gaping bo’lsa gapir o’ziga,
Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin.
Nasihat aylading sen
Kimdir anglamadi, anglab yetdi kim,
Yolg’on so’zlaguncha, jim yashagin jim,
Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2101
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 9
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog