Telbaman
zulfi-yuksel
2016 » Aprel » 17
Xursandman seni ko'rganimdan,
Haliyam o'sha o'sha shirin tabassum,
Esingdami o'sha so'nggi qadam,
Sen ketarding men esa qolgandim maxzun.
Xatolarimiz yuvdi ko'z yoshlar,
Axir o'tdi necha maxzun yillar,
Bilganimda balki kutmas edim,
Qaytmasliging bilsam qo'yvormas edim.
Mayli meni telba de, yo hasta bechora,
Sen ne ahvolda deb, yuragimdan so'ra,
Mayli bir telbaman, aqldan ozgan,
O'z o'zidan kechib, bir senga ishongan, Telbaman...
Hamma narsaga vaqt davo derlar,
Negadur men uchun bu davomas jazo,
Sen aytarding sizdan kechmayman deb,
Balki shunga ishonib bo'ldim bevafo.
Aslida esa har xil ekanmiz,
Balki shunga uzoq uzoqdamiz,
Qiynalgan bir menman sen esa jim,
Balki kutding, balki unutding...
Mayli meni telba de, yo hasta bechora,
Sen ne ahvolda deb, yuragimdan so'ra,
Mayli bir telbaman, aqldan ozgan,
O'z o'zidan kechib, bir senga ishongan, Telbaman...

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
290 YOQDI 5 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU