Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
sevib qolgan qiz
Yig'lab ko'nglin yuvib olgan qiz,
Ko'z yoshidan ivib qolgan qiz,
Sevganingni hech kimga berma,
Birinchi bor sevib qolgan qiz.
Jonga shafqat qilmas,muhabbat,
Balki qaytib kelmas, muhhabbat.
Orzuyinga yetarsan, albat,
Birinchi bor sevib qolgan qiz.
Yuragida yongan yoqutdir,
Dilda olov, tilda sukutdir.
Orzulari oppoq bulutdir,
Birinchi bor sevib qolgan qiz.
Kutib yashar yolg'iz mardini,
Tunlar bedor sinar sabrini.
Axir kimga aytsin dardini,
Birinchi bor sevib qolgan qiz.
Sevgani deb o'lib qoladi,
Goh yig'lab, goh kulib oladi.
Xayolparart bo'lib qoladi,
Birinchi bor sevib qolgan qiz.
Hayot baxt ber, qolmasin yolg'iz,
Ayol qalbi bir guldir ojiz.
Ahad aytar:<<Baxtli bo'l doim>>,
Birinchi bor sevib qolgan qiz.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 1108
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 8
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog