Sevgi
Davr_9393
2016 » Fevral » 21
Telba derlar yor ishqida kuyganni
Bu hayotdan ham uni ortiq suyganni
O'z jonidan yorni ustun qo'yganni
Sevmaganlar telba derlar ularni
Ko'zlariga ko'rinmas yordan bo'lak
Faqat yorni deb urar undagi yurak
Ko'zlariga boqsang, bir ezgu tilak
Sevmaganlar telba derlar ularni
Yodida asraydi uning so'zini
Qarshisida yerdan uzmas ko'zini
Yonida butkul yo'qotsa o'zini
Sevmaganlar telba derlar ularni
Uning sevgisi yuragida pinhon
Izhorin aytolmas, to'sar hayajon
U Hudoning suygan bandasi, ishon
Sevmaganlar telba derlar ularni
O'rtalari bo'lsa-da ko'p yiroq
Yuragini kemirsa-da o'tli firoq
Ularning sevgisi so'nmaydi biroq
Sevmaganlar telba derlar ularni
Hayotni uning ko'zida ko'radi
Meni sevasanmi,takror so'raydi
Unga boqib sira to'ymaydi
Sevmaganlar telba derlar ularni

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Davr_9393 Bloglari XABAR YOZISH
159 YOQDI 2 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU