sevgan yurakka qiyinda
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 3
Dunyolardan sovib qolganda yakka,
Etmay yor vasliga, biror tilakka,
Tushuning do`stlarim oshiqlar qalbin,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.
Zulmatga aylanar nurafshon kuni,
Bu dunyoda unga bir dildosh qani,
Ne qilsin xech kimsa tushunmas uni,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.
Hayolidan ketmas yorning jamoli,
Ko`ksin teshib o`tar xijron shamoli,
Xech kimga bilinmas ichda zavoli,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.
Sevgidan baht emas, ko`zi namlanar,
El ichra savdoyi telba nomlanar,
Kim sevsa oshiqlik dardini bilar,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.
Ishq mayi joniga bo`lganda xamdam,
Endi sevmayman deb ichsa-da qasam,
Qanchalik ovutib dalda bersang xam,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.
Bu xol maning xam boshimdan o`tgan,
Firoq alangasi ko`ksimni tilgan,
Bilmam shirin visol kimlarga bitgan,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.
Dunyolardan sovib qolganda yakka,
Etmay yor vasliga, biror tilakka,
Tushuning do`stlarim oshiqlar qalbin,
Baribir qiyinda sevgan yurakka.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
123 YOQDI 2 YOQMADI
!Javob Rizvon 19:54
Raxmat
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU