Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
sessiyani eslatma
Ishyoqmas talabalar nomidan:
(Sessiyani eslatma!)

Kel, yaxshilikdan gapir,
Qora kularga qaytma,
Yuragim ezma axir,
Sessiyani eslatma!

Yildan uzun kunlarim,
Pul izlagan tunlarim,
Bechora cho’ntaklarim,
Sessiyani eslatma!

Eh domlajon, domlajon,
Bir bora bering imkon,
Bahoni qo’yib bering,
Kiydiray, sarpo chopon!

Talabalik davrini,
Derdilar oltin davr,
Domlajon sizni kutib,
Zallarda o’tdi umr.

Ey diplmjon, diplomjon,
Diydoringa yetolmay,
Ketdi qancha oltinlar,
Kursdan kursga o’tolmay.

Talaba bir tosh ekan,
Domla ekan tegirmon,
Ota onang sog’ bo’lsa,
Yaxshi o’tar imtixon.

Hech kim bermas tiyin qarz,
Qoldirganman mingta dars,
Yaxshi gapdan gapir bas,
Sessiyani eslatma!

Shu yil kursdan o’tvolsam,
Qani edi men omon,
Keyingi yil darslarni,
Qoldirmasdim hech qachon!!!

Dars qilish boshga zarar,
Yo’qku birorta daftar,
Yaxshi baholar olish,
Qiyin, o’limdan battar…

Biling do’stlar hayotda,
Maqsadim juda kata,
Oliy ma’lumot olib,
Olim bo’lgum albatta.

Faqat bugun o’tvolsin,
Uxlab olay bir marta!
Iltimos, sendan do’stim,
Sessiyani eslatma!

Haydalsam gar o’qishdan,
Bozorda ish yomonmas,
Eh, diplomjon sensiz ham,
Kunlarim o’tmay qolmas.

Men ishyoqmas emasman,
Uyqu kelar bir pasda,
Uyg’otib meni qasddan,
Sessiyani eslatma!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2117
Joyladi: shaxrizoda96
Joylandi: 2016 » Aprel » 4
shaxrizoda96ning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog