Sensizman sensiz
zulfi-yuksel
2016 » Aprel » 13
Senga bo`lgan sog`inchimni guvohi osmon.
Yuragim zorini tinglaydi ummon.
Ismingni yuragim takrorlar hamon.
Men seni sog`indim, sog`indim har on.
SENLI XAYOTDA SENSIZMAN SENSIZ
Senga bo`lgan mehrim osmondek cheksiz.
Sensiz quyoshim ham men uchun nursiz.
Sensiz ojizman so`zlolmay tilsiz.
Men seni sog`indim, sog`indim so`zsiz.
SENLI XAYOTDA SENSIZMAN SENSIZ
O`zgaga boqsang ham senda hayolim.
Sen tunda porlagan jilvali oyim.
Senga oliy baht bersin qodir Xudoyim.
Men seni sog`indim sog`ingum doim.
SENLI XAYOTDA SENSIZMAN SENSIZ
Yuragim ishqingda bo`lmoqda ado.
Qalbim faqat sening ko'nglingga shaydo,
O`zim shox bo'lsam ham sensizman gado.
Men seni sog`inib, bo'ldim aqlimdan judo
SENLI XAYOTDA SENSIZMAN SENSIZ

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
209 YOQDI 5 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU