Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
satir
Extimol san sindirib ketgan osha yurak butun bolmas. Lekin osha singan yuragimni siniqligicha ham sevadiganlar ham bor ekan.
Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 1103
Joyladi: shaxrizoda96
Joylandi: 2016 » Fevral » 20
shaxrizoda96ning boshqa statuslarini ko'rish
---------- O'ZBEKISTON ----------

Osmonida erkin uchib, burgutlari qanot yozgan,
Sahrolarni gullatgan yurt, mehridaryo chamandir bu!..
Farzandlari oqqushlardek, bulutlarni quchib yurgan,
Quyosh nuri erkalagan qalbi qaynoq vatandir bu!..

Qo'rg'onida qalqonlari, shaxdam yurib sergak turgan,
Oyog'ining ostidagi, tuprog'ini o'pgan yurt bu!..
Tanti dehqon mehnat qilib, risq-ro'zini terib yurgan,
Jannatlarning isi kelgan asli jannat bo'lgan yurt bu!..

Jilg'alari, soylariga, majnuntollar salom bergan,
Suvi zilol, baxti xilol baxti kulgan O'zbekiston!!!
Parviqomat tog'lari ham, mag'rur turib ko'krak kergan,
Bir yuz o'ttiz ikki millat oshyoni bu bog'-u, bo'ston!

Samarqand-u, Buxoroning ko'z nuridek sexri bordir,
Asrlardan aziz bo'lgan asli azim vatandir bu!...
Yosh-u, qari aziz yurt bu, o'zga ajib mexri bordir,
Biryuz o'ttiz ikki millat qalb gavhari ko'zgusi bu!..

Amir Temur, Buxoriy-u, Navoiylar ardoqlagan,
O'nsakkizming olam ichra ko'hna turon yuragidir...
Tengsiz tinchlik elchisini ilk qadamda ming yoqlagan,
O'zbekiston, O'zbekiston ko'nglimizning bezagidir!

Osmonida erkin uchib, burgutlari qanot yozgan,
Sahrolarni gullatgan yurt, mehridaryo chamandir bu!..
Farzandlari oqqushlardek, bulutlarni quchib yurgan,
Quyosh nuri erkalagan, qalbi qaynoq vatandir bu!!!

Asrlardan aziz bo'lgan asli azim vatandir bu!!!
Jannatlarning isi kelgan asli jannat vatandir bu!!!

( Abbos Shams )

" - Assalomu alekum hurmatli va aziz do'stlarim va vatandoshlarim, sizlarni kirib kelayotgan " MUSTAQILLIK " gimizning 25 yillik to'yonasi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Shu munosabat ila siz vatandoshlarimga va do'stlarimga albatta muhlislarimga ona vatanimiz O'zbekiston bundanda yashnab, yosharib, tinchlik bo'lib mustaqilligimiz abadiy bo'lib qolishini tilagan holda sizlarga sog'lik, omonlik, oila hotirijamligi, baxt, saodat,, tinchlik-totuvlik, bitmas-tuganmas boylik, chin muhabbat tilab qolaman! Yana bir bor BAYRAM MUBORAK BO'LSIN AZIZLAR!

MUSTAQILLIGIMIZNING 25 YILLIK TO'YI MUBORAK BO'LSIN!!!

( Abbos Shams )
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog