Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
qadringni bilsin
Sevganing ko'nglingni Tushunsin ekan,
Asosiysi senga Ishonsin ekan,
Quvonsang sen bilan Quvonsin ekan,
Seni sevib jondan Dardingni bilsin,
Yoningdagi odam Qadringni bilsin.

Shon-shuhrat qarsaklar Hammasi bekor,
Bir kuni tetiksan Bir kuni bemor,
Ko'nglingga qarasin Bermayin ozor,
Seni avaylasin Yurakdan sevsin,
Yoningdagi odam Qadringni bilsin!

Kimdir miyasini Kelib cho'qisa,
Yoring bevafo deb Yolg'on to'qisa,
Rashk qilsin kuzatsin Soyangdek lekin,
Gumonda yonmasin Lekin alqissa...
Mayli oshiqlikning Shartini qilsin,
Yoningdagi odam Qadringni bilsin.

Minglab kitob yozgin Hayot haqida,
Kim uchun bu so'zlar Eski aqida,
Muhimi ne yozding Ko'ngil lavhida,
Sen suyangan bir tog' Shu elka bo'lsin,
Yoningdagi odam Qadringni bilsin.

Sevganing ko'nglingni Tushunsin ekan,
Asosiysi senga Ishonsin ekan,
Quvonsang sen bilan Quvonsin ekan,
Seni sevib jondan Dardingni bilsin,
Yoningdagi odam Qadringni bilsin.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 3134
Joyladi: shaxrizoda96
Joylandi: 2016 » Aprel » 4
shaxrizoda96ning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog