Psixologlar iOS va Android foydalanuvchilari o‘rtasidagi farqlarni ko'rsatdi
Crash
2016 » Sentyabr » 5


Linkoln universiteti psixologlari smartfonning u yoki bu markasini afzal ko‘rish uning egasi haqida ko‘p narsa aytib bera olishini aniqladi, deb yozadi. Tadqiqot 1-sentabr kuni Kardiffdagi Britaniya psixologiya hamjamiyati an’anaviy anjumanida taqdim etildi. 

Olimlar iOS va Android foydalanuvchilari qanday o‘ziga xos xususiyatlarga egaligini aniqlash uchun ikkita tadqiqot o‘tkazdi. Birinchisida psixologlar 240 nafar ishtirokchidan ta’riflarga ega anketani to‘ldirishni so‘radi. Ishtirokchilar fikriga ko‘ra, smartfon markalaridan har birining foydalanuvchilariga xos bo‘lgan ta’riflarnigina tanlash kerak edi. Ikkinchi tadqiqotda mutaxassislar 530 nafar Android va iOS foydalanuvchilarining real shaxsiy xususiyatlariga asoslangan holda ushbu stereotiplarni tekshirib ko‘rdi. 

Birinchi tadqiqot natijalari Android foydalanuvchilarini iPhone foydalanuvchilariga qaraganda halolroq, ko‘ngilchanroq va ochiqroq, ammo unchalik kirishimli bo‘lmagan deb tasavvur qilishlarini ko‘rsatdi. Ikkinchi tadqiqotda esa stereotiplarning ko‘pchiligi oqlanmadi. 

Biroq shu narsa aniq bo‘ldiki, Android foydalanuvchilari o‘z buyumlari boshqalarniki bilan bir xil bo‘lib qolmasligi haqida iPhone foydalanuvchilariga qaraganda ko‘proq qayg‘uradi. Shuningdek, iPhone foydalanuvchilari yuqori statusli telefonga ega bo‘lishni muhim deb hisoblaydi.


Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Crash Bloglari XABAR YOZISH
533 YOQDI 6 YOQMADI
androidga gap yõ
!Javob sanjar 17:21
Man nokia lumiadan foydalanaman
zato androidga gap yo'q
03_w vauuu zorku qoil man android foydalanuvchisiman
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU