Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
ozgararkan
Yillar o'tib oradan,
Zamonlar o'zgararkan.
Ajrab oqu-qoradan,
Odamzod o'zgararkan.
Do'st dushmanga aylanib,
Ishq nafratga boylanib,
His tuyg'ular taylanib,
Odamzod o'zgararkan.
Meros deb jig'iviyron,
Jigarlar qilib nolon,
Ko'rib zamon ham hayron,
Odamzod o'zgararkan.
Eski kunin unitib,
Shayton qo'lidan tutib,
Pulidan baxtin kutib,
Odamzod o'zgararkan.
Oyog'i yer iskamay,
Mansab teksa qo'lda may,
Qo'ying mayli indamay,
Odamzod o'zgararkan.
Kecha yoningda turib,
Oshingni yegan yurib,
Yiqilsang xandon urib,
Odamzod o'zgararkan.
Zo'r bo'lsang yorim degan,
Siz mening borim degan,
Bir umr jonim degan,
Jononlar o'zgararkan.
Har baytga qarsak chalib,
Qo'liga dastxat olib,
Kundan-kun, borib-borib
Muxlislar o'zgararkan.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 1123
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 3
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
!Javob Rizvon 19:29
Raxmat
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog