Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Ozbegimning toyi boshqacha
Kezib qancha millat-elatni,
Ko‘rib qaytdim turli odatni,
Topolmadim jonga rohatni,
Ona yurtning bo‘yi boshqacha,
O‘zbegimning to‘yi boshqacha.
Ko‘zlardagi sururga qarang,
Davradagi fayz, nurga qarang,
Tillardagi shukrga qarang,
Kimning xayol-o‘yi boshqacha,
O‘zbegimning to‘yi boshqacha.
Do‘stlar, qo‘lga qo‘lni bog‘laydi,
Xizmat uchun belni bog‘laydi,
YAqin diydor dilni chog‘laydi,
Xushnud yoshlar so‘yi boshqacha,
O‘zbegimning to‘yi boshqacha.
Siz ham kelib yayrangiz bir dam,
Unutingiz, nima tashvish- g‘am,
Bo‘lolsangiz Manga hamdam,
Uning navo kuyi boshqacha,
O‘zbegimning to‘yi boshqacha.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 299
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 9
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog