OMMALASHGAN XABARLAR.
Armina
2016 » Avgust » 26


Xozirda internet saytlari va messengerlarda (facebook, twitter, mail, instagram, telegram, whatsapp va h.k) ommalashib ketgan yolg'on yashiq habarlar ko'payib ketganlari yetmagandek ularni tarqatish ham yo'lga qo'yilgan. Bu albatta siz bilgan kim tomonidan yozilgani nomalum "7 odamga tarqat" degan undovlar belgilangan xabarlardir. Bu hatlarni tarqatishidan maqsad nima? Unda oxirgi qatorlarida yozilgan qo'rqitishliklarimi? Yoki olloh buyrig'i deya va'hi qilingan so'zlarmi? Yoki ota-onalarimiz omonligi uchun yuboramizmi? Buni chuqur mulohaza qilishlik kerak!. Axir payg'ambarlarimiz rivoyat-u, ha'dislarini birovga tarqatib tanilish uchunmas ibrat olishlik uchun aytgan-ku. Kim ko'rdiki? rivoyat-u hadislarni ohirida palon kishiga tarqat deyilganini. Bu xabarlarni tarqatishlikka sizni nima sabab undamoqda? Ertaga sizni o'lim kutyatganimi yoki 9 soatdan sizning eshigingizga baxt kelishimi? Bunday xabarlarga ishonish Ollohga ishonmaslik bilan tengmasmi astag'furilloh. Axir sizga nima bo'lishlgini, taqdiringiz qandayligini bir Olloh biladi-ku. Nahot shu darajada aqlimiz, iymonimiz sust bo'lsa. Ha biz ko'pincha "ota-onangiz, Olloh roziligi uchun" yuboring, deyilgan xatlarni tarqatamiz. O'zingiz o'ylab ko'ring shu hatni birovga tarqatishdagi ketgan vaqtingizni Ollohga salovat-u, tilovatlar aytib ota-onangiz, yaqinlaringiz do'stlaringiz, tinchligingiz, salomatligingiz uchun duo qilsangiz mana shu eng katta baxt emasmi azizlar. Ba'zi hatlarida yozilgan undovlarni o'qib yoqamni ushlab qolaman. (xabar matnidan keyin) "bu xabarni 10ta do'stinga tarqat shunda (soat vaqti ham bor) soat 20:00 da senga sevgan qizing qo'ng'iroq qilib seni qattiq sevishligini etadi. Bu xatni tarqatmasang sen 7 yilga baxtingnan ayrilasan. Online bo'lmasa ham yubor! O'chirib tashlama! Shu xatni bir bola ishonmay o'chirib tashlagan ertasiga uni moshina urib ketgan. Riyanimatsiyada o'lim bilan olishib yotgan ekan". Ha azizlar ushbu so'zlar odamni dilini xira qiladi ba'zilarimiz esa ushbu buyriqlarni huddi "Olloh aytganday" o'zimizga qabul qilib tarqatamiz. Ahir Olloh buyruqlarini bajarmasak ham bu dunyodamas oxiratda jazo olamiz-ku! Namoz o'qimasak, aroq ichsak, tamaki tortsak ham Olloh bu qilmishlaring uchun bu dunyoda jazo bermaydi, Aksincha tavba qilishimiz uchun vaqt beradi. Jazo-yu, savobini oxiratda olursan. Shunday ekan do'stlar bunday yolg'on-yashiq xabarlarga ishonaverishlik yaxshi emas! Men bu yozganlarimni palon kishiga tarqatilar ishonmasin bu xatlarga yoki tarqatmasaylar unday bo'ladi, tarqatsaylar bunday bo'ladi demayman. Chunki IBRATI SIZGA, SAVOBI BIZGA. 


Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Armina Bloglari XABAR YOZISH
208 YOQDI 2 YOQMADI
Tog'ri Armina! Fikrizga qowilaman
judayam togri men ham bunaqa narsalarga ishonmiman rahmat admin
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU