Olginumcha sabir qilinglar
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 14
Men bilmagan, bilganlarim
Mayli yig'lang, mayli kulinglar.
Dushmanlarim, dushmanlarim
Ölgunimcha sabr qilinglar!
Sizga omad tilab xormasman,
Sizdan insof sörab bormasman.
Men shundog'am köpga bormasman
Ölgunimcha sabr qilinglar!
Tepkilaysiz, turtasiz tinmay,
Yelkamga yuk ortasiz tinmay.
Bir oz kuting ortimdan yurmay
Ölgunimcha sabr qilinglar!
Yomonlardan charchadi yurak,
Yolg'onlarga uchradi yurak.
Bir kun portlab sachraydi yurak
Ölgunimcha sabr qilinglar!
Mana dori, mana bu nina,
Shifokordan sörab köringlar.
Men qabrimda yotay tinchgina
Ölgunimcha sabr qilinglar!
Yuray desam yöl ham bermaysiz,
Men yugursam körolmaysizlar.
Siz bemalol yomonlolmaysiz
Ölgunimcha sabr qilinglar!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
122 YOQDI 1 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU