Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
nega xiyonat qilding
Xammasi yaxshiydi - ku,
Mendan kechmoqchi bo'lding.
Sevgingdan ustunmi u,
Nega, xiyonat qilding ?!
Nega, tushuntir nega,
Bunchalik jazo menga.
Kimni quchib bag'ringga,
Nega, xiyonat qilding?!
Bor, o'zingni os endi,
Nafrat menga do'st endi.
Baxtsizligim rost endi,
Nega, xiyonat qilding?!
Bu dard shaklsiz tuyg'u,
Tunlari kelmas uyqu.
O'limdan battar - ku bu,
Nega, xiyonat qilding?!
Bir tosh botar ko'nglimga,
Ko'z yosh titrar mungimda.
Javob ber ko'z o'ngimda,
Nega, xiyonat qilding?!
Xiyonat qilding nega,
Qasding bormidi menda.
Men senga achinmayman,
Achinaman qadrimga!
meni qalbimda tikan,
Dardim o'zimdan ulkan.
Bir it xidlagan gulsan,
Nega, xiyonat qilding?!
Xammasi yaxshiydi - ku,
Mendan kechmoqchi bo'lding.
Tiriklay o'ldirding - ku,
Nega, xiyonat qilding?!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2111
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 13
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Klasss
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog