mandayin oshiqni kormagan dunyo
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 8
Sevishganlar qalbin tirnagan dunyo,
Yolg'izlar holini so'rmagan dunyo,
Qancha Majnunlaru Farhodlar o'tdi,
Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo.
Savdoyi telbaman devonaman men,
Ishqingda sarmastu parvonaman men,
May bering ma'shuqqa mastonaman men,
Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo.
Tunu-kun yig'layman, oh uraman dod,
So'zlaring, ko'zlaring isming etip yod,
Ey sarvi qomatim, bil ey parizod,
Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo.
Men sensiz yashayman, sen esa mensiz,
Tunlari bedorman oh chekib unsiz,
Qalbimda yig'laydi dardlarim sonsiz,
Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo.
Sinagin, sadoqat sabrko'ylagim,
Yo'llaringni kutib qondir yuragim,
Muhabbat ne kuyga soldi qaragin,
Mendayin oshiqni ko'rmagan dunyo.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
133 YOQDI 2 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU