Latifa
Woldemor
2016 » May » 18
O'rtoqlaridan biri Afandini uyga taklif qildi. U mehmonxonaning to'rida o'tirgan edi, eshon kirib keldi.
— Qani, taqsir, buyoqqa o'tsinlar, - deb, unga o'z joyini bo'shatib berdi.
Imom domla kirib keldi. Unga ham joy bo'shatib, o'zi sal pastroqqa o'tirdi.
Keyin ellikboshi, birmuncha boyonlar kirib kelishdi. Afandi:
— Qani yuqoriga, yuqoriga, - deb, ularni ham to'rga o'tqizvordi.
Bundoq qarasa, o'zi poygakka tushib qolipti. Afandining diqqati oshib turgan edi, eshikdan bir ko'ppak it mo'raladi. Ikkala qulog'idan cho'zib uni ham ichkariga tortdi-da:
— Bor, sen ham to'rga chiq! - dedi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Woldemor Bloglari XABAR YOZISH
118 YOQDI 2 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU