Latifa
Woldemor
2016 » Aprel » 26
Bir boyvachcha rusning qizi dadasiga:
— Dada, men erga tegayapman!
— Kimga?
— Popga.
— Nima aqldan ozdingmi? Popni nima qilasan?
— Dada bu sevgi, yuragimga buyruq berolmayman axir
— Kechki ovqatga olib kel uni, men bir gaplashib ko'raychi.
Kechki ovqatda suhbat boshlanibdi.
— Xo'sh kuyov bola, mani qizimni bitta kiyimi 10000$ turadi, har haftada almashtiradi. Qanday olib berasan?
— Xudoyim o'zi yordam beradi.
— Har haftada bir marta Parijda sochini turmaklatadi, bunichi?
— Xudoyim o'zi yordam beradi
— Qizim faqat Ferrari minadi, har yarim yilda yangi modelidan oladi, buni nima qilasan?
— Xudoyim o'zi yordam beradi.
Ovqatdan keyin pop ketibdi. Qizi dadasidan so'rabdi:
— Xo'sh dada kuyov sizga yoqdimi? Qanday ekan?
— O'ziku toza laqma ekan, lekin meni xudo deb bilayotgani menga yoqdi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Woldemor Bloglari XABAR YOZISH
220 YOQDI 3 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU