kulganimga ishonmang
zulfi-yuksel
2016 » Fevral » 29
Kulganimga ishonmang,
dilda qayg'u bir talay,
Kulib-kulib yengarman,
dardlarimni harqalay.
Kulganimga ishonmang,
g'amni aldab yuraman,
Garchi holim neligin,
o'zim yaxshi bilaman.
Kulganimga ishonmang,
kuldim dunyo ishidan,
Tosh chiqadi boy bergan,
kambag'alning oshidan.
Kulganimga ishonmang,
alamlarga to'laman,
Xudo xohlagan kuni,
kulib turib o'laman.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
115 YOQDI 2 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU