kop qiynadim onamni
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 8
Sevdimu eng suluv sanamni,
Unga berdim ko`ngil xonamni,
Bir bevafo qizga yoqay deb,
Ko`p qiynadim yolg`iz onamni.
Ul malakka ko`nglim ochardim,
Poyiga dunyoni sochardim,
Volidam chorlasa qochardim,
Ko`p qiynadim yolg`iz onamni.
Xiyonatdan yuzim sarg`aydi,
Yuragimni aqlim qarg`aydi,
Yiqilsam xolim kim so`raydi,
Ko`p qiynadim yolg`iz onamni.
Muz edimmi erib ketyapman,
Chinormidim chirib ketyapman,
Nahot yerga kirib ketyapman,
Ko`p qiynadim yolg`iz onamni.
Ota, axir nima qil deysiz,
Buxoroga tezroq kel deysiz,
Kamon bo`ldim nishonsiz yoysiz,
Ko`p qiynadim yolg`iz onamni

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
127 YOQDI 4 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU