Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Kop boldi
Hayotimda ketma ket,
Judoliklar ko'p bo'ldi,
Ko'p bo'ldi ayriliqlar,
Yurakka dard o'q bo'ldi.
O'tgan kunlarim eslab,
Ko'zga uyqu kelmaydi.
Ichimda dardlarim ko'p,
Barin aytib bo'lmaydi.
Men bilan birga nafas,
Olganlarim yonimda,
Qancha yaqinlarimdan,
Oh, ayrilib qoldimda.
Hayotimda ketma ket,
Yo'qotishlar ko'p bo'ldi.
Ko'ksimda qiynoqlarim,
Azoblarim xo'p bo'ldi.
Bir chuqur nafas olib,
O'zimga kelay desam.
Xayoldan ketmas ular,
Istasam istamasam.
Boshqacha bir baxt ekan,
Bir boshqacha olamlar.
Yuragim tomiriga,
Aylangan u odamlar.
Siz ketdingiz dildagi,
Qonunlar buzildiku,
Joningiz bilan, yurak
Tomirim uzildiku.
Kichkina yelkam bilan,
Tog'day tog'day g'amlarni.
Ko'tarib yashayapman,
Eslab baxtli damlarni.
Jannat manzillarida,
Yorug' bo'lsin yo'linglar.
Sizlarni unutmaymiz,
Bizdan rozi bo'linglar.
Hayotimda ketma ket,
Og'ir kunlar ko'p bo'ldi.
Yoshlik zavqin o'rniga,
Dilda armon to'p bo'ldi...

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 1108
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 9
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog