joyingiz jannatda bolsin bobojon
zulfi-yuksel
2016 » Sentyabr » 3
Bobojonim erta ketib, qaddim bukib qo'ydingiz
Qancha-qancha o'g'il qiziz ortingizdan bo'zlatdingiz.
Qani edi bir bor ko'rsam edi nurli yuzlariz
Kulib turgan va porlagan bu hayotdan mamnun ko'ziz.

Sizni har ko'rganimda g'urur to'lib ko'ksimda
Faxrim ham ortar edi o'zbek ekanligimdan.
Bugun esa ko'zimda yosh, g'amim bor yuragimda
Yurtboshimdan ayrildim shunday bir ulug' kunda.

Vatanparvarlik ruhin singdirib har bir dilga
Buyuk meros qoldirdingiz o'zingizdan farzandlarga.
Siz yashaysiz butun umr har bir o'zbek yuragida
O'lmagaysiz bizlar uchun asragaymiz qalbimizda.

Mustaqillik farzandiman, Karimovning nabirasi
Qalbimda tizilgandir har bir so'ziz dur shodasi.
Bugun xalqim zor yig'laydi ayrilib posbonidan
O'tinchim shudir Olloh, but qil uning irodasin.

Jannatlarda bo'lsin bobo, so'nggi manzil joyingiz,
Bo'lay sizning duoyizda, bo'lay hoki poyingiz.
Darzandim deb ishonch berib, qo'lladingiz bizlarni
Va'da berib aytamiz, oqlanar ishonchingiz!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
482 YOQDI 8 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU