ey dostlar
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 14
Bir yelkada iymon, birida shayton,
Birida xaqiqat, birida yolg'on.
Örtada ovvora bechora inson,
Kimdir bog' yaratar, kimning qöli qon.
Zör bölsang yölingga qöyishar qopqon,
Kim arslon, kim quyon, kim esa ilon?
Ey döstlar...
Mehmonmiz axir biz bu dunyoga,
Xayronman, boqib yolg'on savdoga.
Sog' boshingni kimlar qöyar g'avg'oga,
Osmonlardan boqar, sinovi boqiy.
May ham özidadir, özidir soqiy,
Ishq bu ibodatdir, ishq bu ilohiy.
Ey döstlar...
Kimni omad, kimni kulfat qarshilar,
Pok noming tuxmatga qorar vaxshiylar.
Bormisiz, qöl bering qani yaxshilar,
Xayotning tösig'-u zarbalari köp.
Yomonning makri-yu nag'malari köp,
Umrning oq-qora sahnalari köp.
Ey döstlar...
Ey döstlar ayting-chi, manmanlik nechun,
Erta uchun döstlar ne qildik bugun?
Chorasizlikda men yig'larman beun,
Oppoq tonglaringiz etmang qaro tun.
Bu dunyoga hech kim bölolmas ustun,
Baxtning manzilidan bölmaylik mahrum.
Ey döstlar...

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
143 YOQDI 1 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU