Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Erkaksan erkakning ishini qilgin
Ayol muhabbati bu billur qadah,
Uning sevgisiga xiyonat qilma.
Ko'ngil jarohati tuzalmas hech vaqt,
O'zingdan ayolning qadrin past bilma.
Qiz qalbi nozik gul, avaylab bilgin,
Erkaksan erkakning ishini qilgin!
Kimdir qo'lin cho'zsa yaxshilik uchun,
Do'stlik ishonchini arzonga sotma.
O'yla, bu dunyoga kelgansan nechun,
Muhimi hurmating asra, yo'qotma.
Mardlarning yonida mardlardek turgin,
Erkaksan erkakning ishini qilgin!
O'rmonda dodsolib men shermandeysan, Duming likkillatib tulkiga o'xshab.
Shoqollar ichida nima qilasan,
Nima kerak aytgin bunaqa yashab.
Hayvonlarga qo'ygin o'rmonning sirin,
Erkaksan erkakning ishini qilgin!
Unutma aybi yo'q tirikchilikni.
Ey do'st, so'zlarimni quloqqa ilgin.
Halol bo'l eshshakning ishin qilsang ham, Erkaksan erkakning ishini qilgin!
Erkakka o'xshagan ayollar ko'pdir,
Ko'rdim ayolsifat erkaklarni ham.
Man hayron nima ham derdim,
Tilim lol tushunmay qoldim do'stginam.
Mayli, ota-bobong qilganin qilgin,
Erkaksan erkakning ishini qilgin!

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2104
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 9
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog