dostlarim
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 8
Do`stlarim, menimcha dunyo degani,
Intilganga imkon, mexnat ichra baxt.
Omadini kutib toqat qilganni,
Peshanasi yorug`, kelajagi naqd.
Do`stlarim, menimcha inson degani,
Tug`ilibdiki mudom unga xamrox dard.
O`tkinchi g`avg`olar emas bilgani,
Abadiylik sari yo`l olsin faqat.
Do`stlarim, menimcha visol degani,
Jonu tanga qondek singmog`idir axd.
Yaxshidir yurakda vafo bo`lgani,
Eng toza dillarda yashar muxabbat.
Do`stlarim, menimcha erta degani,
Kecha va bugundek oddiygina vaqt.
Ayonmas umrning qancha qolgani,
Xech maxal yashashga yo`qolmasin shaxd.
Do`stlarim, menimcha ko`ngil degani,
Aytilmagan qo`shiq, yozilmagan xat.
Unga faqat mexr bo`lsa bo`lgani,
Mexrsiz ko`ngillar nursiz bir zulmat.
Do`stlarim, menimcha yaxshi yashamoq,
Bu xayotdan to`g`ri olmoqdir roxat.
Eng katta boylik bu xotirjam bo`lmoq,
Podshoxsan ostingda bo`lmasa xam taxt.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
122 YOQDI 1 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU