Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Chidagin
Sevganing bag'ringni tilsa chidagin,
Do'sting senga xasad qilsa chidagin,
Yolg'iz qolganingda omad tark etib,
Bir kun dushmanlaring kulsa chidagin.
Chida, charchab horib ketsang yig'lama,
Hatto yo'lsiz qolib ketsang yig'lama,
Cho'ntaklaring teshib qo'ysa yo'qchilik,
Do'stim, pulsiz qolib ketsang yig'lama.
Jigaring g'iybatlar otsa chidagin,
Yaqinlar birma-bir sotsa chidagin,
Sinovlar yomg'iri yog'sa betinim,
Oyoqlaring loyga botsa chidagin.
Tishing bilan mahkam sabrni tishla,
Do'stim, barchasini qaytadan boshla,
Omad degan otni yo'llarin kutma,
Darxol mehnat degan qurolni ushla.
Baxtim ham bir kuni kular chidagin,
Bag'ring quvonchlarga to'lar chidagin,
Shodlik yo'qlar sen ey Dostim,
Bir kuni g'am devori qular chidagin.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 3133
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Aprel » 7
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog