Bugun ozbek qizlariga ne boldi
zulfi-yuksel
2016 » Mart » 9
Temur yig'lab ketsa vatandan yiroq,
Samarqand bowiga bo'lgan wamchiroq,
Ham mehribon ona,malika bo'lib,
Unutmagan ayolligini biroq,
Bibixonim yuzlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?
Amiriy woh bo'lgan,ham woir bo'lgan,
Janglarda ham doim u mohir bo'lgan,
Wuncha aqli bilan,qudrati bilan,
Faqat bir ayolga u moyil bo'lgan,
Nodiraning so'zlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?
Har kun bir yigitning bo'ynidan quchib,
Molu davlatiga,puliga uchib,
O'zgasi kerakmas,hayotimsiz deb,
Besabab bir kunda ketarlar kechib,
Uvaysiyning izlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?
Qodiriyning elga nidosi qani,
Ayolning ibosi,hayosi qani,
Dunyoni sotvorar to'rt tanga pulga,
Chet ellardan bilmam izlar nimani,
Kumuwbibi nozlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?
Endi Hamza qabrida tik yotadi,
Yelkada qandaydir bir yuk yotadi,
Kimlar ikki satr yolg'oni bilan,
Hamid Olimjonning go'rin titadi,
Zulfiyaning ko'zlariga ne bo'ldi,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi?
Bibixonim yuzlariga,
Nodiraning so'zlariga,
Uvaysiyning izlariga,
Kumuwbibi nozlariga,
Zulfiyaning ko'zlariga,
Bugun o'zbek qizlariga ne bo'ldi

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
zulfi-yuksel Bloglari XABAR YOZISH
160 YOQDI 3 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 10.01

waplog spywap.net SAYSTAT.RU