Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Bilarsan
Do'stim, dardu sitam zarbini,
Turfa tashvish tushsa bilarsan.
Bahor, yoz-u kuzning qadrini,
Bemahal qish tushsa bilarsan.
Hayot ayni hikmat bo'lganin,
Umring aziz ne'mat bo'lganin,
Chaynab yemoq rohat bo'lganin,
Og'zingdan tish tushsa bilarsan..
Omad kelsa boring ko'p bo'lar,
Suxbatinga zoring ko'p bo'lar.
Qarindoshing, yoring ko'p bo'lar,
Oshig'ing besh tushsa bilarsan..
Bevafoning shaytonligini..
Bo'salari arzonligini..
Qo'yningda bir chayonligini,
Tananga nish ursa bilarsan..
Dunyo bir kam, dunyo berahim,
Bog'i yarim, sahrosi yarim..
Kimlar g'anim, kim oshno karim,
Boshinga ish tushsa bilarsan..

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 296
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 24
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog