Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Baxor kuz qoshiq matni
Salom Kuz! Men sevgan oltin fasl Kuz,
Ming bor afsus, uchrasholmaymiz yuzma-yuz.
Men Bahorman, seni sevgan telba Bahorman,
Bahor fasliman
Ming yillardan buyon qalbimda bu armonning asriman
Ming yil asriman.
Men Bahorman senga yetolmagan,
Men Bahorman sevgim aytolmagan
Qahraton Qísh ajratar bizlarni
Sovuq qorlar izingni qoplagan
Gullar ekib undirdim sen uchun!
Yomg'ir bólib suv quydim kun-u tun.
Yoz kelib quridi barcha gullar
Salomim yetib bormadi afsus.
***
Ming bor afsus, ming bor afsus
Yonma yon emas ekan Bahor Kuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz
***
Salom Bahor! Suyukligim gòzal Bahor
Betakrorsan, qalbing doimo beg'ubor.
Bugun quyosh salomingni menga yetqazdi
Qòlin tutqazdi
Sog'inchlardan bugun kóz yoshlarim yomg'irga aylandi
Dardga boylandi.
Men Kuz fasliman, seni sog'ingan
Men Kuz fasliman senga talpingan
Lekin afsus qismat ekan bizda,
Diydorlashish xech nasib etmagan.
Sen qayta rang bergan daraxtlarni,
Nafasing tegib ótgan yerlarni
Qattiq quchoqlasam, faryod ursam
Har safar hazonga aylanadi
***
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz.
Ming bor afsus, ming bor afsus
Yonma-yon emas ekan Bahor Kuz
***
Ming bor afsus, ming bor afsus
Yonma yon emas ekan Bahor Kuz
Ming bor afsus, ming bor afsus
Uchrasholmas ekanmiz yuzma-yuz

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 3149
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Aprel » 17
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
!Javob suhrab 23:33
sevaman bu qushiqni
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog