Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
Alamli dunyoda
ALAMLI DUNYODA

 

Qo‘llarim shoxlarday zor qolgan kunlar,

Dil ketib, valekin or qolgan kunlar

Sen ketding, muzladi o‘ng ila so‘lim,

Alamli dunyoda alamli gulim.

 

Suvlarda sadosiz sindilar oylar,

Afsunday jim, sokin okdilar soylar.

Tugunlarin ochib yillar va oylar

O’tdilar, sen hamon tili tugunim,

Alamli dunyoda alamli gulim.

 

Sendan so‘ng ko‘nglimni beomon yanchib,

Ne suluvlar o‘tdi o‘zicha ranjib,

Baland poshnalarin ko‘ksimga sanchib,

Bevaqt so‘ldirdilar sehru jununim,

Alamli dunyoda alamli gulim.

 

Mung‘ayib qoldilar umid bog‘lari,

Mangu zirqiraydi bag‘ir dog‘lari,

Bog‘larning dudlari hamda zog‘lari

Mening fig‘onimdir ham mening kulim,

Alamli dunyoda alamli gulim.

 

Bu holim ko‘rganlar taqdir, deydilar,

Taqdir azal-azal hakdir, deydilar,

Chin qalblar hamisha toqtsir, deydilar,

Qanday san’atdir bu, qandayin ilm?

Alamli dunyoda alamli gulim.

 

Senga shamim shomlar munglar keltirib,

Menga tiriklikdan aytib, bildirib,

Kuygan ko‘klamlarning o‘rnin to‘ldirib,

Ko‘ksimda yashaydi eng go‘zal o‘lim,

Alamli dunyoda alamli gulim.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2112
Joyladi: Malika
Joylandi: 2016 » Fevral » 25
Malikaning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog