Moqina.Net
SAYT MENUSI!
QO'SHIMCHA MENU!
REKLAMA!
TAFIYADAGI RASMLAR!
ajib qabiriston
Qadimda bir qabriston,
mavjud edi xòp ulkan.
Kirgan kishi hayratdan,
yoqasin ushlar ekan.
Chunki unda toshlarga,
berilmas ekan hech zeb.
Yozilgandi bir, ikki..
Nari borsa uch yil deb.
Duch kelardi nigohlar,
bunday ajib sirlarga.
Juda oshib borganda,
''besh yillik'' umrlarga.
Bir kun bu hol sirini,
anglayolmay bir qator.
Shogirdlar ustozidan,
sòrab kòrdilar takror.
Buncha kam yashaganlar,
gòdaklarmi bu yerda?
Ustoz òychan boqib-la,
ajib sabog'in berdi.
Yozilmagan bu toshga,
insonning tòlgan umri.
Bunda yozilgan faqat,
yaxshilik qilgan umri.
Yurak yurakka yetib,
bordi ustoz sòzlari.
Keyingi vasiyatdan,
tòldi kòzga yoshlari.
Men òlsam - derdi ustoz,
toshga òymang ziynatu-zeb.
Qabrimga yozing faqat,
tug'ildiyu òldi deb.
Ezgulikla yashagan,
umrim meni nolga teng.
Shu bois, tug'ilganu,
darhol òlgan edi deng.
Bir shogird shunda nogoh,
javob topibdi tezda.
-Unda biz aniq òlik,
tug'ilgan ekanmizda?

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Foydalanuvchi: 2114
Joyladi: zulfi-yuksel
Joylandi: 2016 » Mart » 3
zulfi-yukselning boshqa statuslarini ko'rish
Имя *:
Email *:
Код *:

waplog
waplog