Afandi
Woldemor
2016 » Mart » 14
Yoshligida bir kuni otasi Afandini pishirilgan kalla olib kelish uchun bozorga yubordi. Afandi kallani olib kelayotib uning go'shtlarini yeb qo'ydi.
— O'g'lim, olgan kallangda sira go'sht yo'q-ku? — so'radi otasi.
— Ko'rmayapsizmi, dada, qo'yning o'zi juda oriq ekan?
— Xayr, mayli, oriq ham bo'lsin, lekin qulog'i qani?
— Garang qo'y bo'lsa kerak, o'zi qulog'i yo'q edi.
— Qiziq, kallada ko'zi ham yo'q-ku, axir?
— Bechora qo'yning ko'zi ko'r ekan. Shuning uchun ham qassobning pichog'idan qochib qutulolmagan-da.
Otasi achchig'lanib jag'ni ochib ko'rgan edi, tili ham yo'q ekan.
— Tili qaerda qoldi buni? — baqirdi otasi.
— Ehtimol, shuncha aybi ustiga qo'y soqov hamdir.
— Suyakdagi teri, go'shtlari qani bo'lmasa?
— Ko'rib turibsiz-ku, o'zi ship-shiydam kal ekan.
Har bir savolga Afandi puxta tayyorlanib kelganini ko'rgan otasi boshqa hech narsa so'ramadi. Afandi otasini yupatib:
— Qarang, dada, tishlarining hammasi butun, birortasi ham nobud bo'lmagan! — dedi.

Do'stlaringizga Ham Tarqating!
Woldemor Bloglari XABAR YOZISH
119 YOQDI 3 YOQMADI
Ismingiz:
E-Mail:
Ko'd:
waplog <
Lower Reklama!
QAYTISH
BOSH SAHIFA

WEB | Copyright Design by ISLIMBEK
Design version 9.3

waplog spywap.net SAYSTAT.RU